Koronavirus haqida

Koronavirus o‘zi aslida nima?

Koronaviruslar – 40 ga yaqin turdagi viruslarni o‘z ichiga olgan. Bu viruslar faqat hayvon, qush singari ayrim organizmlarnigina zararlay oladi. Yangi turdagi koronavirusning ham deyarli barcha turi qushlar va sut emizuvchi hayvonlardagina kasallik keltirib chiqaradi. Ammo hozirgi koronavirus o‘z ko‘rinishini o‘zgartirib, odamni ham zararlay oladigan xususiyatga ega bo‘lgan.

Oldin ham koronavirus tarqalgani rostmi?

Koronaviruslar oilasiga mansub bo‘lgan 3 turdagi virus hayvondan odamlarga yuqishga muvaffaq bo‘lgan. Bular:
  • SARS-CoV turidagi koronavirus 2002-2003- yillarda Xitoyda aniqlangan. U odamlarda atipik pnevmoniya va o‘tkir respirator xastalik ko‘rinishida namoyon bo‘lgan. Kasallik sut emizuvchi hayvonlardan yuqqan. Bu virusga o‘sha vaqtda 8273 kishi chalingan va shulardan 775 kishi halok bo‘lgan ( o‘lim ko‘rsatkichi 9, 6 %).
  • Mers- CoV turdagi koronavirus 2014-yilda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida epidemiyaga sabab bo‘lgan. Virus bilan 2494 ta odam kasallangan va shundan 858 nafari halok bo‘lgan (o‘lim ko‘rsatkichi 37 %). 2015- yilda esa xuddi shu virus Janubiy Koreyada ham aniqlangan. Bu vaqtda 183 kishi kasallanib, 33 ta bemor halok bo‘lgan. Bu holatda kasallik keng tarqalishiga yo‘l qo‘yilmagan.
  • SARS-CoV-2 (“COVID-19”) koronavirus turi 2019-yilda Xitoyda birinchi marta qayd etildi va hozir karantinga sabab bo‘layotgani ham shu virus hisoblanadi.

“COVID-19” virusi qanday yuqadi?

Havo tomchi, havo- chang va kontakt yo‘llari orqali yuqadi. Bu nima degani?
  • Virus bilan kasallangan bemor aksirganda, yo‘talganda undan ajralgan respirator tomchilar (havo orqali);
  • Bemor bilan qo‘l berib ko‘rishishda qo‘lga yopishgan virusli tomchilar orqali;
  • Bemor ishlatgan dastro‘mol, salfetka va boshqa materiallar orqali;
  • Bemor ushlagan eshik tutqichlari, zinapoya to‘siqlari, umuman jamoat joylaridagi qo‘l tegishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha jismlar orqali.

Bemorlarda qanday alomatlar kuzatiladi?

O‘tkir respirator kasallik va pnevmoniyaga xos bo‘lgan barcha belgilar :
  • Quruq yo‘tal;
  • Isitma;
  • Umumiy holsizlik;
  • Nafas olishning qiyinlanishishi.
Yuqoridagi belgilar asosan 95-98%bemorlarda kuzatiladi. 2-3% bemorlarda qo‘shimcha belgilar bo‘lishi mumkin:
  • Burun bitishi, burundan suyuqlik oqishi;
  • Ich ketishi;
  • Qorin og‘rig‘i singari gastroenterit belgilari.

O‘zimizga yuqtirmaslik uchun nima qilishimiz kerak?

O‘tkir respirator kasallik va pnevmoniyaga xos bo‘lgan barcha belgilar :
  • Avvalo, vahimaga tushmang;
  • Qo‘l berib ko‘rishishni cheklang;
  • Qo‘llarni tez-tez sovunlab yuvib turing, ayniqsa tirnoqlar osti va barmoqlar orasini ham yaxshilab yuving, yuvish muddati 20 soniyadan kam bo‘lmasin;
  • Qo‘l bilan virus yuqishi mukin bo‘lgan ko‘zlar, burun va og‘izni ushlamang;
  • Aholi gavjum hududlarga iloji boricha bormang, zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmang, kafe, restoran va boshqa ovqatlanish shaxobchalariga kirmang;
  • Jamoat joylarida qo‘l bilan ushlash mumkin bo‘lgan buyumlarga iloji boricha tegmang;
  • To‘yib ovqatlaning va vaqtida uxlang;
  • Jismoniy ishlar, badantarbiya va sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullaning;
  • Ko‘pgina viruslar kabi koronavirus ham dezinfeksiyalovchi eritmalarda o‘ladi. Uy va xonalarni , stol, stullarning xlorli eritmada tozalab turing;
  • Uyga kirishda xlorli nam lattaga oyoq kiyimini artib kiring;
  • Virus nafaqat havo – tomchi, balki kontakt usulida ham yuqadi, shu bois qo‘llarga dezinfeksiyalovchi, spirtli eritmalar bilan ishlov berishni unutmang;
  • Telefon, klaviatura, eshik tutqichlari, lift tugmalari, do‘konlardagi aravalar tutqichlari epidemiologik jihatdan xavfli bo‘lishi mumkin. Shuning uchun iloji boricha ularning ushlamaslikka harakat qiling. Ushlasangiz qo‘lingizni spirtli gel bilan tozalang, sovinlab yuving;
  • Qo‘l berib so‘rashish va quchoqlab ko‘rishishdan cheklaning;
  • Farzandlaringizning qo‘l yuvishini doimiy nazoratga oling!
  • Uy hvyvonlarini boqishda, gigena qoidalariga qat'iy rioya qiling!
  • Isitma, yo‘tal, nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!
  • Isitma, yo‘tal, nafas qisishi holatlari paydo bo‘lganda darhol shifokorga murojaat qiling!
  • “COVID -19” koronavirus infeksiyasi va u bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan qo‘shimcha savol tug‘ilsa SSV huzuridagi sanitariya- epidemiologik osoyishtalik agentligining (71) 276 – 49-66 va SSVda tashkil etilgan 1003 teleefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.

Virus organizmda qancha yashashi mumkin?

Xitoylik mutaxassislarning fikricha, kasallik organizmga tushgandan to chiqib ketguncha kamida 37 kun vaqt ketadi. Shundan 14 kuni yashirin davr hisoblanadi. Yani virus yuqtirgan kishi kasallik belgilarini 14 kungacha sezmasligi mumkin. Lekin bu davr mobaynida u kasallik tashuvchi bo‘lib hisoblanadi. Ya'ni o‘zi kasal yuqqanini bilmay turib, boshqalarga yuqtiraveradi. Ya'ni o‘zi bilmagan holda ko‘plab odamlarni zararlagan bo‘ladi. Bu virus oqsil qobiq bilan qoplangan. U qobiqsiz yashay olmaydi. Quyoshni ultrabinafsha nurlari ostida mana shu qobiq 15 daqiqada; yuvish vositalari tarkibidagi aktiv kimyoviy moddalar sabab esa 20 soniyada yemiriladi.

Demak, karantinni buzmaslik, xonalarni tez-tez shamollatish, kiyimlarni toza saqlash, shaxsiy gigena qoidalariga rioya qilish sizni virusdan himoya qila oladi.
Manba: darakchi.uz

Koronavirus infeksiyasi bilan bog'liq
tibbiy masalalar bo'yicha Call-markaz
1003

Quyidagi elektron manzil orqali biz bilan bog'lanishingiz mumkin: info@corona-virus.uz

Statistikalarni yuborish: